歌词
Tashvish kelsa, birdam bir dona xalqmiz,
Haq deb yashar, fe’li durdona xalqmiz.
Ey yurtdoshlar, qadni mag`rur tutaylik,
Zahmatlarni yenggan mardona xalqmiz.
O`tar bu kun yomon tushga aylanib,
Qolmas sira bahor qishga aylanib.
Birlashaylik ko`rinmas yovga qarshi,
To`marisu Alpomishga aylanib.
Go`zal hayot davom etmog`i uchun,
Yurt otasin elga da’vati bugun.
Azizlarim, bizdan temir intizom,
Shunda aslo tonglarimiz bo`lmas shom.
Go`zal hayot, go`zal hayot,
Go`zal hayot davom etmog`i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko`rsating xalqning kuchin.
Dilda vafo, sadoqatlar ko`paydi,
Muruvvatlar, sahovatlar ko`paydi.
Xasta jonlar tuzalmoqda kun sayin,
Umidbaxsh, zo`r jasoratlar ko`paydi.
Sabr kuchin ko`rsating uyda qolib,
Bu dardlardan shunda bo`lgaymiz g`olib.
Mehnatdadir shifokorlar tunu-kun,
Yurtboshining mehridan quvvat olib.
Mehnatdadir qahramonlar tunu-kun,
Yurtboshining mehridan quvvat olib.
Go`zal hayot, go`zal hayot,
Go`zal hayot davom etmog`i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko`rsating xalqning kuchin.
Qutlug` yo`llar yorug` manzilga boshlar,
Ajdodlardan me’ros buyuk bardoshlar.
Bir musht bo`lib bitta maqsad yo`lida,
Irodamiz ko`rsataylik, yurtdoshlar.
Sinovlardan faqat nodon qochgaydir,
Dono hikmat eshiklarin ochgaydir.
Asl mard el og`ir kunda sinalgay,
Mardga Alloh rahmat nurin sochgaydir.
Duo qilar tinmay ota-onalar,
Bu kun rostga aylandi afsonalar.
Tez kunda qad rostlar ayting qay yurtda
Biznikiday ulkan shifoxonalar?
Go`zal hayot davom etmog`i uchun,
Yurt otasin elga da’vati bugun.
Azizlarim, bizdan temir intizom,
Shunda aslo tonglarimiz bo`lmas shom.
Go`zal hayot, go`zal hayot,
Go`zal hayot davom etmog`i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko`rsating xalqning kuchin.
Go`zal hayot, go`zal hayot,
Go`zal hayot davom etmog`i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko`rsating xalqning kuchin.
专辑信息
1.Go'zal Hayot