歌词
Tun, yolg'izlik va bir o'zim
Yulduzlar qarab so'rar
Senga ne bo'ldi deb o'zi
Heey, senga o'zi?
So'ramanglar
Bugun u ketdi mendan so'nggi bor
So'ramanglar
Qaytmasa kerak endi hoynahoy
So'ramanglar
To'yib kulib olinglar ustimdan
So'ramanglar
Unutilar balkim u, oyma-oy
Sen ketgan yo'lga ko'z tikmadim man
Shunda ham eshitilar qadam
Sen ketding meni kechiring deya
Shunda ham qilar ekan alam
Qanday kirib kelding bilmayman
Hayotimga mening sezdirmay
Sen o'g'irlab ketganing yurakdan
Qaytib kelmas boshqa ertakday
Qanday seni sevdim bilmayman
Yuragimni berdim bilmayman
O'zimni o'zim sezmayman
Yolg'iz malham izlayman
O'ylamanglar
Oson ko'ringani bilan osonmas
O'ylamanglar
Ravon ko'ringani bilan ravonmas
Ayb izlamanglar
Hamma ayb bo'ynimda qoldi
Eslatmanglar
Sog'inch bo'lib to'kilmanglar yo'limga
Yomg'ir bo'lib tomchilab, yolg'izlik tomchilar
Shivir-shivirlab yodimga solar seni
Endi biz begonalar, sen ketib men darbadar
Hayot yo'llarimda adashib qoldim
Qanday kirib kelding bilmayman
Hayotimga mening sezdirmay
Sen o'g'irlab ketganing yurakdan
Qaytib kelmas boshqa ertakday
Qanday seni sevdim bilmayman
Yuragimni berdim bilmayman
O'zimni o'zim sezmayman
Yolg'iz malham izlayman
Senga chindan ishongan yurak qoldi yolg'onda
Yolg'onlaringdan kuyib alamda yonmoqda
Kechalar ko'klarga qarab sani so'rayman
Qaytmasligingni bilib nega so'rayman
San mani eng ko'hna boyligimsan bu dunyoda
Honavayron bo'ldim hayotim devomida
Tunga aytdim sirlarim, tun ham hayronda
Endi xiyonat azobi menga ayonda
Hech kimga ko'rmayman ravo
Bu dard beda'vo
Qilar ekan ado
Qolsang yolg'onlar aro
Qanday kirib kelding bilmayman
Hayotimga mening sezdirmay
Sen o'g'irlab ketganing yurakdan
Qaytib kelmas boshqa ertakday
Qanday seni sevdim bilmayman
Yuragimni berdim bilmayman
O'zimni o'zim sezmayman
Yolg'iz malham izlayman
♬~ Musiqa ~♬
专辑信息