歌词
[[Janob Rasul]
Mening dardim bilan
Sening qalbing bitta.
Qiynar hijron sog'inchi,
Ko'ngilda alam ovunchi.
Zulmatda qoldiku yurak,
Sensiz bu hayot ne kerak?
Gapir, kimsan jonim,
Tushmi yoki ertak?
[Hamdam Sobirov]
Tshh, jim, jim, jim, jim…
Dema-dema, xo'p dema,
Gapim yolg'on dema.
Nahot bu xiyonatingdan
Sindi ko'ngil.
Cheki-chekinaman, afsus qildim xato,
Bora-bora bo'lardi eng yomon jazo.
Chegara bor, chegara yo'q,
Tushunarsiz masofalar,
O'rtada sarson yurak.
Bilmaysan, ko'rmaysan,
Sezmaysan nega, ayt?
[Janob Rasul]
Arzimaysan jonim,
Ko'ngilda sevgi azobi.
Yig'lab ko'ngling ovutma,
Afsuslanma.
Arzimaysan jonim,
Qolmadi senga savolim.
Dardim tinglab, azizam,
Afsuslanma.
Nafratdaman o'zimdan ham yomon,
Ko'zlarim seni izlaydi hamon.
Vaqtimiz bir zum ortga qaytsa,
Bo'lmasdi xato.
Yashayman suratingga qarab,
O'tadi yillar soniya sanab.
Taqdir zarbasidan bo'laman
Devona Mashrab.
[Hamdam Sobirov]
Tshh, jim, jim, jim, jim…
Dema-dema, xo'p dema,
Gapim yolg'on dema.
Nahot bu xiyonatingdan
Sindi ko'ngil.
Cheki-chekinaman, afsus qildim xato,
Bora-bora bo'lardi eng yomon jazo.
Chegara bor, chegara yo'q,
Tushunarsiz masofalar,
O'rtada sarson yurak.
Bilmaysan, ko'rmaysan,
Sezmaysan nega, ayt?
[Janob Rasul]
Arzimaysan jonim,
Ko'ngilda sevgi azobi.
Yig'lab ko'ngling ovutma,
Afsuslanma.
Arzimaysan jonim,
Qolmadi senga savolim.
Dardim tinglab, azizam,
Afsuslanma.
[Janob Rasul]
Arzimaysan jonim,
Ko'ngilda sevgi azobi.
Yig'lab ko'ngling ovutma,
Afsuslanma.
Arzimaysan jonim,
Qolmadi senga savolim.
Dardim tinglab, azizam,
Afsuslanma.
专辑信息
1.Arzimaysan