Atrofimda(翻自 Eldor Qayumov)

歌词
Atrofimda ko’nglim suygan
Do’stlarim bor, ko’nglimda g’am.
Tasvirlangan yuzda quvonch,
Yashiringan ko’zimda nam. (x2)
Afsusdaman endi o’zim
Senga aytgan so’zlarimdan,
Yuragimni ezib-ezib,
Ko’z uzmading ko’zlarimdan.
Qaramagin ko’zlarimga,
Ko’zlaring begona endi.
Begona bo’ldi bu dunyo,
Senday yagonam yo’q endi.
So’ramagin ahvolimni –
Yuragim g’amxona endi,
Seni sevgan oshiq yigit –
Hofizi-devona endi.
Seni sevgan oshiq yigit –
Hofizi-devona endi.
Oydan oydin, guldan g’ozal,
Oy jamoling g’am ko’rmasin, (x2)
Yarashibdi oppoq libos,
Baxtingga hech ko’z tegmasin.
Afsusdaman endi o’zim
Senga aytgan so’zlarimdan,
Yuragimni ezib-ezib,
Ko’z uzmading ko’zlarimdan.
Qaramagin ko’zlarimga,
Ko’zlaring begona endi.
Begona bo’ldi bu dunyo,
Senday yagonam yo’q endi.
So’ramagin ahvolimni –
Yuragim g’amxona endi, (seni sevaman)
Seni sevgan oshiq yigit –
Hofizi-devona endi. (seni sevaman)
Seni sevgan oshiq yigit –
Hofizi-devona endi. (seni sevaman)
(Seni sevaman… Seni sevaman…)
专辑信息
1.Atrofimda(翻自 Eldor Qayumov)