歌词
Yashirasan nigohlaring
Go'zal ko'z-u qaroqlaring
Menga so'nggi so'z aytolmay
Qaltiraydi dudoqlaring
Aytaqolgin yashirma
Bo'ldi, darding oshirma
Saqlab faryodlaringni
Daryo qilib toshirma
O'zi sezib turibman
Arang kulib turibman
Qo'lingdagi qog'ozni
Netay, ko'rib turibman
Axir bu taklifnoma
Baxtimdan qayirmoqda
Shu bir parchagina qog'oz
Sevganimdan ayirmoqda
Bor ~ bor, baxtingni top
Qaramagin o'rtingga
Bor ~ bor, baxtingni top
Quloq solma qalbingga
♬~ Musiqa ~♬
Vido oni kelmoqda
Judo oni kelmoqda
Taqdir mening ustimdan
Balki atay kulmoqda
Bo'ldi, ko'zing yoshlama
Yuragingni gashlama
Menga yozgan xatingni
Yirtgin aytma, boshlama
O'zi sezib turibman
Arang kulib turibman
Qo'lingdagi qog'ozni
Netay, ko'rib turibman
Axir bu taklifnoma
Baxtimdan qayirmoqda
Shu bir parchagina qog'oz
Sevganimdan ayirmoqda
Bor ~ bor, baxtingni top
Qaramagin o'rtingga
Bor ~ bor, baxtingni top
Quloq solma qalbingga
♬~ Musiqa ~♬
Bor ~ bor, baxtingni top
Qaramagin o'rtingga
Bor ~ bor, baxtingni top
Quloq solma qalbingga
专辑信息
1.Baxtingni top