歌词
Izlamading chorani
Kechir yurak porani
Sochingdagi tolani
To'ksam erkak bo'lmayin
Ketding yurakda alam
Senga yuragim qaram
Titrab ketar bu tanam
Sensiz ado bo'lmayin
Onamga yoqib qolding
Ey qoshlari quralay
Uylanish vaqti yaqin
Derazangdan mo'ralay
Rashk bo'yicha
Romeoni tarixdan olib tashleman
Senga kimdur ko'z suzsa
O'ldirib yeb tashleman
Osh qilishni bilmasang ham
Uyimga farishta bo'l
Ishdan kech kirib kelsam
Saramjon sarishta bo'l
Umidingni uzmagin
Bizga baxtni zo'ri bor
Ishon kampot bo'lgandim
Sani o'shanda ko'riboq
Voyeee
Telefonizga teginaman
Ayb qilaman egilaman
Yana man chekinaman
Yuragizga bekinaman
Olib keling "Julietta"ni
Sevishda sindiraman
Kerak bo'lsa bu dunyoga
Sevgimni bildiraman
Onajonizga yoqaman
Buvijonizga yoqaman
Juftim o'ziz bo'lasiz
Lek hozircha toqqaman
Vadalarni berdilayu
Sovchilardan darak yo'q...
Izlamading chorani
Unutding bechorani
Sevdimmi shu bolani
Usiz baxtli bo'lmayin
Rashk qilardi tinmayin
Jonimga tegdi bilmayin
Bugun ahvolim tayin
Sog'inaman kun sayin
G'ururimni sindirma
Yomonligim bildirma
O'zgasini sevdirma
Nega seni sevdim-a
Yana qoshinga osay
Bo'ldi o'zimni bosay
Qani hanjaring say...
Halovatimni dardimni
Tinglaydigan o'zing
Bu yuragimni yarmini
Tanlaydigan o'zing
Mayliga roziman
Hanjaring ayama-da say...
Tentagimni sog'insam
Sovg'asiga ovunsam
O'ldiradi unutsam
Meni g'ururli yorim
Rashkni yomoni manda
Yorim qorni bor panda
Nima bo'pti-da banda
Hayot bizniki jonim
Izlamading chorani
Unutding bechorani
Sevdimmi shu bolani
Usiz baxtli bo'lmayin
Rashk qilardi tinmayin
Jonimga tegdi bilmayin
Bugun ahvolim tayin
Sog'inaman kun sayin
专辑信息
1.Izlamading