歌词
Bir uyda kecha-kunduz bo'zlashadi bolalar
Gir aylanib onasin izlashadi bolalar
Kattasining ohlari to'kilganda dilidan
Iymoni bor odamning qonlar oqar dilidan
Bu uyda kecha-kunduz bo'zlashadi bolalar
Gir aylanib onasin izlashadi bolalar
Ona ona onajon, uyga sig'may ketyabman
Kunduz chopib, tun chopib
Sizga yetmay o'tyabman
Devordagi osig'liq ro'molingiz yig'laydi
Uy ichida charx urib, uvolingiz yig'aydi
Ismimda jon yig'lar, dasturxonda non yig'lar
Piyolada choy yig'lar
Yulduz yig'lar, oy yig'lar
Sizni kunduz axtarsam
Kunduz yig'lar biz bilan
Uydagi gul dov-daraxt, ildiz yig'lar biz bilan
Chohga tushgan toychoqdek talpinamiz siz tomon
Tilni tishlab yig'laymiz
ko'rmaysizda onajon
Onajon ~
♬~Musiqa~♬
Oh onajon onajon, bo'zlayverib sil bo'ldim
Borsa kelmas yo'llardan
Izlayverib sil bo'ldim
Ovutolmay singlimni yig'laydilar dadam ham
Boshin mushtlab jonini tig'laydilar dadam ham
Ko'rgim kelar, Onajon ~
Ko'rgim kelar, Onajon ~
Ko'rgim kelar sizni ~
Sizsiz dunyo qorong'u, xunuk ekan uyimiz
Ezib qo'ydi bizni g'am
Qachon o'sar bo'yimiz
Bo'lardi-ku onajon, o'ylasangiz bizlarni
Kim oladi bag`riga yetim o'g'il-qizlarni
Kichik singlim bir kuni sizni yo'qlab qolgandi
Alamidan mast bo'lib, dadam uxlab qolgandi
Ovutmoqchun singlimni bir o'yin topish kerak
Eng yaxshi o'yinimiz
“Oq terakmi, ko'k terak”
Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak
Oq terakmi, ko'k terak, men kerakmi, u kerak
Oq terakmi, ko'k terak, singlim senga kim kerak
(Bilmaysizmi, akajon? Menga onamlar kerak!)
♬~Musiqa~♬
Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak
Singiljonim, menga ham onam, onamlar kerak
(Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak?)
Kerak ~
(Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak?)
Kerak~
Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak
Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak
Xudo Xudo Xudojon, menga onamlar kerak
Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak
Bir uyda kecha-kunduz bo'zlashadi bolalar
Gir aylanib onasin izlashadi bolalar
Yetimlarning ohlari to'kilganda dilidan
Iymoni bor odamning qonlar oqar dilidan
Dilidan ~
(Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak?)
专辑信息
1.Nahotki
2.Ayrildim
3.Yetimlar
4.Qaramading
5.Men Bo'lay
6.Andijonda
7.Arazing
8.Kechikish
9.Gulsara
10.Pari
11.Gapim Bor
12.Uchradim
13.Ko'zi Jayron
14.Yo Rab
15.Yana Keldim
16.Baxt Uchun
17.Kamtar Bo'l
18.Sen Kulganda
19.Mastona
20.Vatan 2016
21.Qiza Boq
22.Otajon-Onajon
23.Kulib Dedi
24.Lola-Lola