歌词
Dunyoni Bering Bolajonlarga -Sardor Rahimxon
Lyrics by:Sardor Rahimxon
Composed by:Sardor Rahimxon
Nimani ko'rgandi dunyoga kelib
Ko'rgani zorligu daryo kabi qon
Nimani ko'rgandi dunyoga kelib
Ko'rgani zorligu daryo kabi qon
Bolam degim keldi ko'nglim ezilib
Bolam degim keldi ko'nglim ezilib
Yo'rgagi kafanlik bo'lgan bolajon
Jangohga aylandi bu kun diyoring
Qismating ko'z yoshmi taqdirmi alam
Jangohga aylandi bu kun diyoring
Qismating ko'z yoshmi taqdirmi alam
Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring
Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring
Qo'g'irchog'idan ham umri oz bolam
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga
Loladan ham mahzun jonajonlarga
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech
Dunyoni beringlar bolajonlarga
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga
Loladan ham mahzun jonajonlarga
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech
Dunyoni beringlar bolajonlarga
Qo'lingga qurolmas ko'p o'yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg'akkina jon
Qo'lingga qurolmas ko'p o'yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg'akkina jon
Seni zor etganlar tortadi ohlar
Seni zor etganlar tortadi ohlar
Bir kuni uvoling tutar bolajon
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga
Loladan ham mahzun jonajonlarga
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech
Dunyoni beringlar bolajonlarga
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga
Loladan ham mahzun jonajonlarga
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech
Dunyoni beringlar bolajonlarga
Onangni topolmay sarson-u sargardon
Munchoq ko'zlaringdan tomchilaydi yosh
Ohingdan titraydi zamin-u zamon
Senga oy onadir otadir quyosh
专辑信息
1.Dunyoni Bering Bolajonlarga
2.Halima (feat. Halima)