歌词
Aytar so'zim tilimda qolib,
Aytmaganim dilimda qolib,
Bu ishq meni ming kuyga solib,
Hazon bo'ldi umrim yo'llari.
Bir tomonda qayg'u, dard, alam,
Bir tomonda qoshlari qalami,
Yaratganga yetmadi nolam,
Hazon bo'ldi umrim yo'llari.
Shodliklarim sig'may dunyoga,
Qaynar edi ko'nglim g'ubori,
Bevafoga ko'nglimni berib,
Hazon bo'ldi umrim yo'llari.
Bahor kelsa zulmatni yorit,
Erib ketar tog'larning qori,
Ishqim tushim bir bevafoga,
Hazon bo'ldi umrim yo'llari.
Meni endi eslama,
Meni endi o'ylama,
Vaqti kelib mening qadrimni bilganingda,
Yuagimni o'ynama, yana kelib qiynama,
Menham orzu qilgan baxtimga yetganda.
Meni endi yo'qlama,
Hayotimni so'rama,
Yana o'zimga qaytadi deb o'ylama,
Endi meni izlama, men haqimda so'zlama,
Iloji bo'lsa ko'zlarimga ko'rinma.
Erta hazon bo'lgan gullarim,
Netay sizga yetmas qo'llarim,
Ishq bog'iga tushib yo'llarim,
Hazon bo'ldi umrim bahori.
Azoblardan chayqalib boshim,
Kiprigimga ilinib yoshim,
Oxir tugab so'ngi bardoshim,
Hazon bo'ldi umrim bahori.
Meni endi eslama,
Meni endi o'ylama,
Vaqti kelib mening qadrimni bilganingda,
Yuagimni o'ynama, yana kelib qiynama,
Menham orzu qilgan baxtimga yetganda.
Meni endi yo'qlama,
Hayotimni so'rama,
Yana o'zimga qaytadi deb o'ylama,
Endi meni izlama, men haqimda so'zlama,
Iloji bo'lsa ko'zlarimga ko'rinma.
专辑信息