Charchadik sevgidan

歌词
Senga bag`ishladim borimni, ammo foydasi ham bo`lmadi,
Seni izladim, lek charchadim, nega yuragim hech to`lmadi?
Nega ayblading bilmadim, yuragingda mehr yo`q edi,
Nega sevaman deb aldading, chunki senda sevgi yo`q edi.
Balki orzularda ayb yo`q, seni o`ylab telba bo`ldim,
Senga bo`lgan tuyg`ularim tugab bo`ldi, bo`ldi.
Biz sevgan o`sha joy, osmonlarda porlar oy,
Lekin bariga nimadir kamlik qildi hoyna-hoy.
Charchadik sevgidan, tunlardek o`zgasidan,
Lekin g`urur ustun bo`lib qolaverdi baridan.
Aqlimga sig`madi, lek xayollar tinmadi,
Seni o`ylash bilan baland g`ururim ham sinmadi.
Esla o`sha joylar, osmondagi bu oylar,
Bizni hamon birga bo`lishimizni ular poylar.
Berib bo`lding kimga boringni,
tanlamading menday zoringni,
Barcha tuyg`ularim xor etib, ketding ko`zlaringga zor etib.
Savollarim senga ko`p edi,
lekin tinglamading ularni,
Afsus, o`zing ketding bemalol, xor etib tuyg`ularni.
Yig`lama, bor endi, ko`zlarim zor edi o`sha paytlar…
Yig`lama, bor endi, ko`zlarim zor edi o`sha paytlar…
Baxtimni olib qo`ydi o`zgasi nega,
Yorim ham tanlab ketdi o`zgasini nega?
Yana o`sha g`am, eski holatdaman,
Endi yuragimni kimga beraman?
Nega o`ynading tuyg`ularimni, yorim,
Nega yuragimga kirding, ayt jonim?
Aldanib bo`lding gullarga, bittada ko`nding kimlarga,
Yor bo`lib qolding kimlarga?
Har tomoningda yo`llaring, har qadamingda zorlaring,
Lekin bittasi menday bo`lolmaydi yorlaring.
Qara, mana bir kunda-a, yana begonaga aylandik,
Qara, bir kunda-a yana begonaga aylandik.
Ko`zlaring sog`inib, o`tirarman o`zim,
Ko`zlaring sog`inib, o`tirarman o`zim.
Biz sevgan o`sha joy, osmonlarda porlar oy,
Lekin bariga nimadir kamlik qildi hoyna-hoy.
Charchadik sevgidan, tunlardek o`zgasidan,
Lekin g`urur ustun bo`lib qolaverdi baridan.
Aqlimga sig`madi, lek xayollar tinmadi,
Seni o`ylash bilan baland g`ururim ham sinmadi.
Esla o`sha joylar, osmondagi bu oylar,
Bizni hamon birga bo`lishimizni ular poylar
Music
专辑信息
1.Charchadik sevgidan