歌词
Benom guruhi 、Lola 、Parviz -Askar Maktubi
Lyrics by:Benom guruhi
Salom ona onajonginam
Yana sizga yozmoqdaman xat
Salomatmi aziz otam ham
Ukalarim yurgandir xushvaqt
Salom ona onajonginam
Bugun sizga yozmoqdaman xat
Salomatmi aziz otam ham
Ukalarim yurgandir xushvaqt
Boshim uzra yulduz charog'on
Chegarada turibman sergak
Yurt bo'lsin deb tinch va farovon
Doim bedor uradi yurak
Onajonim onajonginam
Sizga mehrim tilagimda jam
Qutlug'bo'lsin muborak bo'lsin
Eng ulug'va eng aziz bayram
Salom sevgilim senga yozarman xat
Qalbimda sog'inch bilan sadoqatimni asrab
Har doim yuragimda kulib turgan surating
Yozgan xatingdagi so'zlaring–omon qaytgin
Toki borman sog'-omonman
G'urur bilan ona yurtim tinchligin saqlagayman
Toki bor bilakda kuchim
O'zdan kechib bo'lsa hamki to abad kurashar
Yuragida Vatan mehri bor bo'lgan har bir askar
Salom sevgim salom sevgilim
Yana bugun yozmoqdaman xat
Diydorlashish onlari har kun
Sog'inch bilan kutarman faqat
Men yaxshiman siz bo'ling omon
Faxrim–yuzingiz yorug'bo'lsin
Tilaymanki har bir askarni
Tangrim panohida asrasin
Askar bo'lib ulg'aydim bugun o'zbek o'g'loni
Ona Vatan nedir angladim g'ururim o'zing
Jonim fido elu yurt uchun Vatanim uchun
Mard bobolar yo'lin tanladim
Omon bo'ling mening sevgilim
Sizga mehrim tilagimda jam
Qutlug'bo'lsin muborak bo'lsin
Eng ulug'va eng aziz bayram
Xayr sevgim xayr onajon
Doimo tinch bo'lsin ko'nglingiz
Toki tinchsiz sog'-salomatsiz
Meni asrar sizning mehringiz
Salom bilan askar o'g'lingiz
专辑信息
1.Yuragim
2.Где
3.Yog'adi yomg'ir
4.Sorry
5.Ishq
6.Kechalar
7.Sen Yig'lama
8.Sensiz
9.Yurak Yig'lar
10.Izlayman
11.Yoningdaman
12.Baxtli Bol
13.Ayt
14.Eslamading
15.Askar Maktubi
16.Ortinga Qara
17.Erkalay
18.Notanish Qiz
19.Salom
20.Sevmay
21.So'ngi Bor
22.Qaniydi Seni
23.Xazon
24.So'ngi Bor
25.Yuragim
26.Vatanim
27.Seviyorum
28.Sog'inch
29.Raqs Tushar
30.Biyo
31.Mabodo
32.Yor shode bosh
33.Sevgi Maxzun
34.Tun
35.Bir jamoa