歌词
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahot, sevgim so`nggi bekati?
Biz orzu qilgan baxt qasrida
Qolarman yolg`iz negadir.
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahotki, hammasi tugadi?
Bu yuragimda mangu qolar
Yaralangan sevgim surati.
Dard-alam damba-dam ezadi yana,
Chorasiz qolganda muzlagan tanam.
Orzular barchasi tugadi, so`ndi,
Ko`zlaring aksida men emas endi.
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahot, sevgim so`nggi bekati?
Biz orzu qilgan baxt qasrida
Qolarman yolg`iz negadir.
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahotki, hammasi tugadi?
Bu yuragimda mangu qolar
Yaralangan sevgim surati.
♪- Mus - ♪∮Music∮
Yuragim azoblarga bo`ldi qaram,
Bir senga ishonganim tildi yaram.
Menga sovib qolganing sezmabman ham,
Yoningda, bo`lib yoningda.
Ketmoqdasan hech nima bo`lmagandek,
Go`yo befarq, go`yoki sevmagandek.
Bir kun o`tarsan balki ko`rmagandek,
Yonimdan, meni yonimdan.
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahot, sevgim so`nggi bekati?
Biz orzu qilgan baxt qasrida
Qolarman yolg`iz negadir.
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahotki, hammasi tugadi?
Bu yuragimda mangu qolar
Yaralangan sevgim surati.
Nahot, so`nggi sahifa…
♪- Mus - ♪∮Music∮
Nahot, so`nggi sahifa…
♪- Mus - ♪∮Music∮
Nahot, so`nggi sahifa?
Nahot, sevgim so`nggi bekati?
Biz orzu qilgan baxt qasrida
Qolarman yolg`iz negadir.
Nahot, so`nggi sahifa…
专辑信息
1.So'nggi Sahifa