歌曲 / 歌词

Korgim Kelar

Sevara NazarkhanListen on Apple Music

歌词

Umr o'qmas bir tekisda tek,
Kimlarnidir hasrat yengadir.
Men toparman irodani lek,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Hayot ko'xna dono muallim,
Sadoqatli do'st bo'lar o'lim.
Garchi sizdan ayridir yo'lim,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzlik,
Kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Goh sevgidan toshgan daryo siz,
Goh mehrga tashna sahro siz.
Men bilaman, siz ham tanhosiz,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Muhabatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Siz-siz menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzlik,
Kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzlik,
Kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzlik,
Kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.

更多歌手作品

专辑信息

Sen →
  1. Kunlarim Sensiz
  2. Sen
  3. Korgim Kelar
  4. Bu Sevgi
  5. Erkalab
  6. Bakhtimdan
  7. Kuigai
  8. Ne Kechar
  9. Kuyoshga
  10. Tushim
  11. Debochadan