歌词
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek
Ko`ngil nima bilmagan dunyo,
Chin vafosi bo`lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to`ldirib,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Kim onaga, kim tirnoqqa zor,
Turfa nayrang, savdolari bor.
Tarozisi buzilgan bozor,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Dunyo, dunyo, dunyo,
Vafosi bo`lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to`ldirib,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Davlat bilan o`lchab ishq qadrin,
Tushunmagan oshiqlar dardin,
Baxtlar yarim, ko`ngillar yarim,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Bola emas, goh Ota yetim,
Goh tashnaga suv bermas yutim,
Bunda barcha g`amlari butun,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Dunyo, dunyo, dunyo,
Vafosi bo`lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to`ldirib,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Fursatlari yeldek shoshgan lek,
Tashvishlari tog`dan oshgan lek,
Daryolari to`lib-toshgan lek,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Nolimoqdan aslo yo`q foyda,
To`kis dunyo – bu boshqa joyda.
To azaldan buzilmas qoida,
Bir kami to`lmagan dunyo.
Dunyo, dunyo, dunyo
Vafosi bo`lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to`ldirib,
Bir kami to`lmagan dunyo.
专辑信息
1.Dunyo