歌词
Davom, sensizligim etmoqda davom,
Bunga ko`nikolmadim, ishon,
Begunoh yurak qiynalar hamon.
Yetar, uni sog`inganlarim yetar,
Orzularim sen bilan ketar,
Sensiz kunlarim azobda o`tar.
Sarsonman, xiyonat ko`chasida sargardonman,
Kecha sen bilan, bugun tanhoman,
Aybdor bunga…
“Kechagi kun”!
Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat“Kechagi kun”!
Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”
Bldim, qo`l uzatsam, yetmaydi qo`lim,
Tobora xiralashar yo`lim,
Endi o`zgasan, qiynalar dilim.
Afsus, seni deb yurak yig`lar hanuz,
Rad etding, ko`zing nega ma’yus?
Savollar bilan qoldim yuzma-yuz.
Sarsonman, xiyonat ko`chasida sargardonman,
Kecha sen bilan, bugun tanhoman,
Aybdor bunga…
“Kechagi kun”!
Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”
Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”
专辑信息
1.Kechagi Kun