歌词
Shunchaki
Ulug'bek Rahmatullayev
Eh sodda qiz, soddaliging qo`ymading,
Men ketsam ko`ngil bog`ingdan.
Yuragimni olma kabi o`ynading,
Nozikkina shu barmog`ingda.
Sen mendan qochmagin,
Paydo bo`lsam yo`lingda.
Zaharlaring sochmagin
Shirin tilingdan.
Rayhon
Sen xafa bo`lmagin,
Yo`limni bursam yo`lingdan,
Shunchaki aytmagin sevging tilingdan.
Ulug’bek Rahmatullayev
Men seni sevmadim shunchaki, shunchaki,
Ko`nglimni bermadim shunchaki, shunchaki.
Rayhon
Sen meni sevmagin shunchaki, shunchaki,
Ko`nglingni bermagin shunchaki, shunchaki
♪- Mus - ♪ ∮Music∮
Rayhon
Meni buncha sodda go`zal, demagin,
Gohi to`qnash kelgan chog`ingda.
Ko`zlaringla buncha nigoh solmagin,
Sirlaring bor bu nigohingda.
Ulug'bek Rahmatullayev
Sen mendan qochmagin,
Paydo bo`lsam yo`lingda.
Zaharlaring sochmagin
Shirin tilingdan.
Rayhon
Sen xafa bo`lmagin,
Yo`limni bursam yo`lingdan,
Shunchaki aytmagin sevging tilingdan.
Ulug'bek Rahmatullayev
Men seni sevmadim shunchaki, shunchaki,
Ko`nglimni bermadim shunchaki, shunchaki.
Rayhon
Sen meni sevmagin shunchaki, shunchaki,
Ko`nglingni bermagin shunchaki, shunchaki.
♪- Mus - ♪ ∮Music∮
Ulug'bek Rahmatullayev
Men seni sevmadim shunchaki, shunchaki,
Ko`nglimni bermadim shunchaki, shunchaki.
Rayhon
Sen meni sevmagin shunchaki, shunchaki,
Ko`nglingni bermagin shunchaki, shunchaki.
专辑信息
1.Shunchaki