歌词
Hijron kechasi,
Visol ko‘chasi,
Armonga cho‘kkan yor...
Baxt ko‘rinmas,
Quvonch sezilmas,
Bu dardini bilmaydi yor.
Bu ishq chin sevgi-la gulzor,
Yurak qayg‘u ila bemor,
Bu kech ishq, ko‘zlari zebo,
Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor.
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?
Gohi bir hasrat,
Gohi shirin baxt,
Tuyg‘umsan betakror.
Sensiz yasholmas,
Sendan ketolmas,
Yuragim sening-la bor.
Bu ishq – ishq atalmish gulzor,
Unda gulning tikanlari bor.
Bu kech ishq, ko‘zlari zebo,
Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor.
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?
Sevgi ko‘zi ojiz,
Sog‘inch tinimsiz
Tunlar davomiy qiynaydi, yo-o,
Mehringga to‘lgan,
Doim sen-la bo‘lgan,
Sening-la yashar dillarim bor.
Sevgi – gohida qayg‘u-g‘am,
Sevgi – shirin bir dard-alam,
Sevgi – ba'zida go‘zal gul,
Sevgi – guli tikanli gul,
Sevgi – asli bir dunyo,
Sevgi – xayol emas, ro‘yo,
Sevgi – tuyg‘udir ilohiy,
Sevgi abadiy!
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?
专辑信息
1.Ayt
2.Bu Muhabbat
3.Chicco (with Children)
4.Chicco
5.Habibi
6.Hay-Lay
7.Help Me
8.Kechalar (Slow Version)
9.Qo'llar Tepaga
10.Seni Izlayman
11.Sevgi Mahzun
12.Shoshma
13.Sog'inar
14.Tirikmanmi
15.To'kilib
16.Ursa
17.Uyg'urcha
18.Why Do You Cry