歌词
Har safar tursam gar, atrof begona
Holim so'rguvchi yo'q, ko'nglim g'amxona
Xayolan so'zlashib to'rt devor xona
Men sizni sog'inib yig'ladim, Ona
Yuribman orzuyim barorin tilab
Omadim ber deya Xudodan so'rab
Uyga qaytayotganlarning ortidan qarab
Yur ketdik desalar ham ketmadim, Ona
Uyga qaytayotganlarning ortidan qarab
Yur ketdik desalar ham ketmadim, Ona
Ne qilay majburman, ishlashim kerak
Musofirlik nonin tishlashim kerak
Bahorga yetmoq uchun qishlashim kerak
Noshukurning so'zin aytmadim, Ona
Sizga aytsam, bunda hayot bizdekmas
Ovqatlarim turfa, oshim tuzdekmas
Qahratoni daxshat, qishi bizdekmas
Bunday qishni aslo ko'rmadim, Ona
Bunday qishni aslo ko'rmadim, Ona
Bunda ko'pdir bolam-chaqam deganlar
Vodiy, Voha tomonlardan kelganlar
Bir mayizni qirqqa bo'lib yeganlar
Shunday insonlar bilan ishladim, Ona
Bu yerlarda ko'rmadim sa'va, bedana
“Buxanka”dan topolmaysiz bitta sedana
Ba'zan deyman qo'l siltab: keldim qaydan-a
Oxiri ne bo'lar, bilmadim, Ona
Ba'zan deyman qo'l siltab: keldim qaydan-a
Oxiri ne bo'lar, bilmadim, Ona
Ba'zan og'ir mehnatdan bezilib ketdim
Musofirlik xo'p og'ir sezilib ketdim
Sizga aytsam, baridan ezilib ketdim
Onam siqilmasin deb aytmayman, Ona
Mening ishlash makonim o'rmon tomonda
Har kun har xil odamlar oqibat gumonda
Mehnatgaku chidayman lek sog'inch yomonda
Sizni men sog'inib yig'ladim, Ona
Sizni juda sog'inib yig'ladim, Ona
♬~Musiqa~♬
Qishlog'im ko'z o'ngimda turibdi hamon
Egri-bugri ko'chalarni sog'indim yomon
Jizzali non bervoring kim kelsa bu tomon
Yegim keldi ochlikdan so`rmadim, Ona
Yegim keldi ochlikdan so`rmadim, Ona
Bo'pti mayli, Onajon uxlashim kerak
Erta tong yana ishga borishim kerak
Taqdirimga yangi kun bitishim kerak
Ko'rishguncha xayr demadim, Ona
Taqdirimga yangi kun bitishim kerak
Ko`rishguncha xayr demadim, Ona
Sog' omon bo'ling doim – so'radim, Ona…