歌词
Ketmas xayollarimdan sen bilan o’tgan kunlar,
Qaytarmi ortga ular, balki yo’q?
Balki ha, balki men hamon yodingda,
Har kun xayollaring menda, balki aksincha?
Derazam ortidagi shamol
Seni menga eslatadi, kunduz va kechalari.
Tushlaringga kelamanmi yor,
O’ylab yotsam tunlari?
Aytgin, derazam ortidagi shamol,
Qachon bag’rimga qaytadi bedor kutganim mani?
Derazam ortidagi shamol,
Nahot u sog’inmadi?
Nahotki, sog’inmadi mani yarmim?
Mani qismim, unutib yubordi jismim.
O’zimni o’zim aldayverib charchadim,
Keladi deb ertami kech ishonar edim.
Lek vaqt o’tgani sari ishonganlarimga ham
Ishonmay qo’ydim.
Kelarmikin san tomondan shamol bo’lib sado?
Yuragimning dardiga bitta dona bo’lsa ham
Topa olarmikin davo?
Shuncha azoblarni hayotimga qilib mahliyo,
Lekin bir bor kelib ko’rishni ko’rmading ravo.
Ba’zan hamon yetmaydi havo,
Nafaslaringni sog’indim, ey dilrabo.
Sog’inmoqdamisan sen ham meni mendan yiroqda,
O’z yarmingni yarmingdan uzoqda?
Yoki baxtlimisan?
(Tashlab mani firoqda?)
Ey dilrabo, qaytar hayotimga ma’no,
Ey dilrabo, o’zingdan etma judo.
Ey dilrabo, kutaverib qolmadi bardosh,
Ey, dil aro bo’ldi yurak mubtalo.
Derazam ortidagi shamol
Seni menga eslatadi, kunduz va kechalari.
Tushlaringga kelamanmi yor,
O’ylab yotsam tunlari?
Aytgin, derazam ortidagi shamol,
Qachon bag’rimga qaytadi bedor kutganim mani?
Derazam ortidagi shamol,
Nahot u sog’inmadi?
专辑信息
1.Shamol