歌词
Ey xudo o'zingdan so'rayman shuni
Do'stdan xabor keldi o'tgan qay kuni
O'zga yurtda yurganmush bilmabman buni
Musofirda yurganlarni o'zing asragin
Taqdir kitobini o'zing yozibsan
Dema bandam endi aqildan ozibsan
Ko'nglimdan o'tganin bilib turibsan
Uyin sog'inganlarni o'zing asragin
Ularga osonmas gul honasidan
Kimdur ayrobinda o'z oilasidan
Yana kimdur uzoq yolg'iz onasidan
Musofirda yurganlarni o'zing asragin
Qora ko'zlar otadi yo'l qarar mana
Sochin tarab ayol yo'l qara mana
Senga nimalarni ko'rsatay yana
Bolam deb yurganlarni o'zing asragin
♬~Musiqa~♬
Bu teshik tog'orani tashvishin qilib
Bir ikki so'm topaman deb tavakkal bilib
Issiq sovuq kunlarni bo'yniga ilib
O'zga yurtda yurganlarni o'zing asragin
Otasida ming hayol jim yuradi jim
Onasida orom yo'q jim turadi jiim
Sen qilmasang tashvishin kim qiladi kim
Ularni farzandini o'zing asragin
Qara bunda qiynalar qanchalab ne jon
Bazisidan ko'nglim to'q bazisi yomon
Ertamiz ne bo'lar bilmasmiz gumon
Olloh ne bo'lganda ham o'zing asragin
Balki yomonmasdur o'zga yurtlar ham
Balki yaxshi insonlar bo'lgandirlar jam
Lek hech kim jigaringdek bo'lolmaslarkan
Musofirda yurganlarni o'zing asragin
♬~Musiqa~♬
O'zga yurtda ariqdan olma oqmasa kerak
Sahar turib issiq non yopmasa kerak
Do'stlar bilan oshga bormasa kerak
Shuni sog'inganlarni o'zing asragin
Sog'inmaydi deysanu sog'inadida
Yarim tunda turvolib og'rinadida
O'z yog'iga o'zii qovriladida
Anashu insonlarni o'zing asragin
Jigarim opam siz vatandosh akam
Ollohdan o'zga yo'q eng oli hakam
Duodamiz ko'zlaringiz bo'lmasin hech nam
Aziz vatandoshlarni o'zing asragin
♬~Musiqa~♬
Ey xudo o'zingdan so'rayman shuni