歌词
Nega bugun nega bugun,
Bunchalar qiyin menga,
Nega bu tun nega bu tun,
Emas yurak butun,
Qora ko'zlar meniki edi,
Kimga qarar endi,
Endi bu tun mani umrim,
Sog'inib o'tar seni,
Nega har tong nega har tong,
Uyg'otar meni armon,
Nahot har on nahot har on,
Bo'lmaymiz yonma-yon,
Tim qora uzun sochlarin bugun,
Bilmam kim erkalar,
Sog'inchim uzun uzundan-uzun,
Tinmay yurak mahzun,
Oq gulim sog'inib ketdim,
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim,
So'nggi bor ber menga imkon,
Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay,
Oq gulim sog'inib ketdim,
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim,
So'nggi bor ber menga imkon,
Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay,
Hayotimning eng shirin onlari,
Bunchalar tez qaytmas bo'lib ketdi,
Hayotimning eng go'zal tonglari,
O'z go'zalliklarin yo'qotdi,
Xayolimning eng nafis bog'lari,
Xazonlarga aylanib qotdi,
Hayotimning eng qimmat insoni,
Bunchalar kam baholadi sevgim mani,
Kechalari bedorman uyqu yo'q,
Ko'chalar tuman taskin yo'q,
Necha bora qildim qo'ng'iroq,
Hatto bir bor yozib yubormading javob,
Endi sani kimdan so'rab qaydan izlay,
Usiz kechalar qanchalar qiyin o'tishini bilsa edi,
Bkalki mani hech qachon tashlab ketmas edi,
Nahot unutding sen meni,
Nahot ko'rmayman endi seni,
Sog'inch ichimdan ezaverar,
Nigohing qo'msayverar,
Sendan qoldi chuqur yod,
Har tong uyg'otar meni armon,
Har tong nafis shamol esar men tomon,
Hidlaring kelib turardi ulardan,
Sog'inch sinaydi irodam har tong,
Oq gulim sog'inib ketdim,
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim,
So'nggi bor ber menga imkon,
Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay,
Oq gulim sog'inib ketdim,
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim,
So'nggi bor ber menga imkon,
Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay,
专辑信息
1.Oq gulim