歌词
Bir daqiqaga qani endi seni unutolsam
Qalbim to'ridan qani endi seni o'chirolsam
Seni unuta olsam
Lek ilojim yo'q, taqdir aybdormikin bilmayman
Ne bo'lganda ham vaqtni orqaga qaytarolmayman
Aybim yuva olmayman
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
Kunlarim o'tar, lekin nimadir umid uyg'otar
Tasavvurimda go'yo baribir u menga qaytar
Sevishin yana aytar
Bularning bari ovunishim uchun oddiy sabab
Qancha urinmay sog'inaman suratiga qarab
Qalb etar uni talab
Tuyg'u nahotki qalbimga olib kirsa qayg'u
Axir kutganim faqatgina intilish ezgu
Sababi bir inson qalbimga joylangan
Hayotim mazmuniga ham aylanib ulgurgan
Nahotki sevib qolish shunchalar ham aybimidi
Muhabbat deganlari faqatgina dardmidi
Ne uchun bu dardlar bunchalar uzundan uzun
Qachongacha kun-u tunlarim o'tadi mahzun
Hali qancha sinovlar kutmoqdadir oldinda
Qachon uni butkul o'chiraman hayotimdan
Axir bora-bora tugab bormoqda sabr toqat
Unutishimga nahotki topolmadim matonat
Kuchli bo'lishim kerak, axir hayotim davom etaverar
Bu degani emas hammasi tamom
Baribir sensizlikka ko'nikishim kerak
Lekin bunga nega qarshilik qiladi yurak
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
Aybim seni sevganim ~
Nahot shuncha jazoga loyiqman
Bilmay ko'ngil qo'yganim
Jazoim mana bugun sensizman
Bedorlikda yolg'izman
专辑信息
2.Yolg'on
3.Taqdir
5.Alvido
6.Dard
7.Izlayman
8.Ketaver
10.Arzon Sevgi
11.Qop qora
12.Janona
13.Yangi Yil
14.Vatanim
16.Oq yo'l
17.Men Bedor
18.Roziman
20.Xasta yurak
21.Sabr
22.Voz kechding
24.Tun
26.Sarson Sevgi
28.O'tmish
29.Sovuq
30.Sog'indim
32.Yolg'izlik
33.Sensiz
34.Tinch Qo'y
36.Ota ona
37.Yomg'ir
38.Alam qilar
42.Whatsapp
43.Sabriya
44.Janjal