歌词
Ko`zungdek kezguchi ayyora yo`qtur,
Qoshingdek bir pari makkora yo`qtur.
Fusunlar birla yer g`amzang jigarni,
Aningdek ham yana xunxora yo`qdur.
Fusunlar birla yer g`amzang jigarni,
Aningdek ham yana xunxora yo`qdur.
※※※※※※※※※※※※
Ko`ngullar dardig`a gar chora qilsang,
Meningdek dunyoda bechora yo`qdur.
Netar lola turub yobonda muncha,
Uyotingdin agar ovora yo`qdur.
Jafo ko`p qilmakim ko`nglung masallik,
Bu Lutfiy joni sendek xora yo`qdur.
※※※
Ko`zungdek kezguchi ayyora yo`qdur…
专辑信息
1.Husnu Jamol Ichinda
2.Yo'qdur
3.Sening
4.Orasinda
5.Ajab Holat Emasmu
6.Jigi-Jigi
7.Yiroq
8.Keldim