歌词
Bu taqdirning qo'llarida
Inson hayot yo'llarida
Kulib turgan omadidan ayrilgani yomon ekanda
Yo'qlab kelmas biror kishi
Tobora ortar tashvishi
Kecha oson bitgan ishi bitmay qolsa, yomon ekanda
Kecha seni qilib e'zoz
Poyingga bo'lib poyandoz
Bugun o'shal masxaraboz pand bergani yomon ekanda
Bu taqdirning qo'llarida
Inson hayot yo'llarida
Kulib turgan omadidan ayrilgani yomon ekanda
Yomon, yomon, yomon ekanda
Yolg'iz qolish yomon ekanda
Yomon, yomon, yomon ekanda
Omad ketsa, yomon ekanda
♬~ Musiqa ~♬
Quloq solmay do'st so'ziga
Kecha urganding yuziga
Hol so'rab kelsa ko'ziga
Qarolmasang, yomon ekanda
Kecha xo'p zamon ekanda
Hamma sen tomon ekanda
Bugun xatolaring sanab
Afsus qilsang, yomon ekanda
Ko'ngil emas hamyonga yor
Kelgan davr-u davronga yor
Davring ketsa, o'sha nigor
Sendan qochsa, yomon ekanda
Haqqa ayon qilg'ilig'i
Iymon buzar goh qilig'i
Yor deganing u bor-yo'g'i dilsiz chiqsa, yomon ekanda
Kuyinma ko'p dilim aslo
Bu shundayin g'alat dunyo
Gar "Ol qulim", desa Xudo
Egik boshing osmon ekanda
♬~ Musiqa ~♬
Yomon, yomon, yomon ekanda
Yolg'iz qolish yomon ekanda
Yomon, yomon, yomon ekanda
Omad ketsa, yomon ekanda
♬~ Musiqa ~♬
专辑信息
1.Rinna
2.Yomon Ekanda
3.Ayol
4.Intizor
5.Yo'q-Yo'q
6.Hijron
7.Qanisan
8.O'zbekiston
9.Lola-Lola (Forscha)
10.Nega Uchrashdik
11.Olti Yoshli Qiz
12.Jimbir-Jimbir