Endi Kimlar Bilan

歌词
Endi kimlar bilan o`tkazarsan kunni,
Meni baxtli etgan, kimni baxtli etding?
Kimning qo`llarida men sevgan qo`llar,
Kimning ko`zlarida meni sevgan ko`zlar?
Kimlarning bag`rida meni unutding?
Ko`zlariga boqib, kulib turarding.
Mening ahvolim esa asta og`irlashar,
Uni yo`qotaman – yurak shuni sezar.
O`ylagim kelmaydi, lekin o`ylarimdasan,
Yig`lagim kelmaydi, lekin ko`zlarimda nam.
Ko`z yosh bo`lib ketsang edi yuragimdan,
Afsuski qalbimdasan, yosh bilan yuvilmaysan.
O`ylagim kelmaydi, lekin o`ylarimdasan,
Kuylagim kelmaydi, lekin kuylarimdasan.
Qani nola bo`lib ketsang edi dardimdan,
Afsuski qalbimdasan, kuy ila unutilmaysan.
Ko`zlari ko`ziga boqar,
Buni ko`rib qalbim qiynalar.
Erkalab, bag`riga bosar…
Ko`zlari ko`ziga boqar,
Buni ko`rib qalbim qiynalar.
Music
Kimlarning bag`rida, lablarida asta erib borasan,
Kimning yelkasida shirin uyquga ketasan?
Go`yoki ko`rayotganlarim tush,
Afsuski chorasiz qushman, qanotidan judo bo`lgan.
Ko`zda quvonch qolmagan, yuragim to`xtab bo`lgan,
Hayotda hech qanday maqsadim hattoki qolmagan.
Endi bir manzilim yo`q, seni izlab foyda yo`q,
Qaytargim keladi, lek qaytarishning imkoni yo`q.
O`ylagim kelmaydi, lekin o`ylarimdasan,
Yig`lagim kelmaydi, lekin ko`zlarimda nam.
Ko`z yosh bo`lib ketsang edi yuragimdan,
Afsuski qalbimdasan, yosh bilan yuvilmaysan.
O`ylagim kelmaydi, lekin o`ylarimdasan,
Kuylagim kelmaydi, lekin kuylarimdasan.
Qani nola bo`lib ketsang edi dardimdan,
Afsuski qalbimdasan, kuy ila unutilmaysan.
Ko`zlari ko`ziga boqar,
Buni ko`rib qalbim qiynalar.
Erkalab, bag`riga bosar…
Ko`zlari ko`ziga boqar,
Buni ko`rib qalbim qiynalar.
Ko`zlari ko`ziga boqar,
Buni ko`rib qalbim qiynalar.
Erkalab, bag`riga bosar…
Ko`zlari ko`ziga boqar,
Buni ko`rib qalbim qiynalar
*END*
专辑信息
1.Endi Kimlar Bilan