歌曲 / 歌词

Layloyimsan

Ulugbek RahmatullaevListen on Apple Music

歌词

作曲: Ulug'bek Rahmatullayev
作词: Ulug'bek Rahmatullayev
Yangrar dilim qo'shig'i
Menman gulim oshig'i
Edim muhabbat hastasi
Nafasim dard guldastasi
oshiqman
Sho'x eding, beg'am edim
Dard eding alam edim
Kuyingda men sado edim
Ko'yingda men ado edim
Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro'yoyimsan.
Yuragim sof havosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig'ing, majnuningman
Ham umrbod maftuningman.
Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar
Mastu, parishonu, xarob
Har orzuim bo'lib sarob,
Shoyadki oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muhabbat.
Bo'lib ishq ovorasi,
Sevgidan qalbim porasi
Eding saodat shodasi
Beg'ubor ko'ngil bodasi
oshiqman
Moh eding, osmon edim
Gul eding, bo'ston edim
Kuyingda men sado edim
Ko'yingda men ado edim.
Layloyimsan, daryoyimsan
Orzuyimda ro'yoyimsan.
Yuragim sof havosi sen
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig'ing, majnuningman
Ham umrbod maftuningman.
Majnunu Layli bexabar
Kezadurman, oh darbadar
Mastu, parishonu, xarob
Har orzuim bo'lib sarob
Shoyadki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

更多歌手作品

专辑信息

LAYLOYIMSAN →
  1. Jonim
  2. Bemor
  3. Ko'zlaringa qarab
  4. Jonim russian version
  5. Omadim kelmadi
  6. Kapalak
  7. Sevgilim
  8. Layloyimsan
  9. Shirin orzu
  10. Yomgir
  11. O'qilmagan kitob (feat. Rayhon)
  12. Omad kelmadi guitar version
  13. Oh alam
  14. Intro
  15. Dusha bolna
  16. Shohista (feat. Gulomjon Yoqubov)
  17. Chaqaloqalar
  18. Popurri (feat. Dildora & Jamshid)