Muhabbatning Birinchisi

歌词
Muhabbatning birinchisi
Muallif, Bastakor: Ravshan Komilov
Xonanda: Ravshan Komilov
Toshga ko`ksim qo`yib yotsam, tosh yonadi
Daryolarga siring aytsang, to`lg`onadi
Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga
Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi
Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga
Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi
Muhabbatning birinchisi yondiradi
Muhabbatning birinchisi kuydiradi
Yondiradi, kuydiradi muhabbat
Muhabbatning birinchisi yondiradi
O`psa netar, yuvsa ketar, degan bilan
Taqdir ekan, kuydim, yetar, degan bilan
Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan
Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan
Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan-ey
Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan
Muhabbatning birinchisi yondiradi
Muhabbatning birinchisi kuydiradi
Yondiradi, kuydiradi muhabbat
Muhabbatning birinchisi yondiradi
Ul yor ketgan allaqachon birov bo`lib
Balki yoshing o`tgan, soching qirov bo`lib
Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom
Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib
Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom
Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib
Muhabbatning birinchisi yondiradi
Muhabbatning birinchisi kuydiradi
Yondiradi, kuydiradi muhabbat
Muhabbatning birinchisi yondiradi
Daryosida kechmadim muhabbatning
Kaftidan bir suv ichmadim muhabbatning
Eh, bir erkalab, quchmadim muhabbatni
Muhabbatning birinchisi
专辑信息
1.Muhabbatning Birinchisi