歌词
Onam -Bojalar
Lyrics by:Bojalar
Composed by:Bojalar
Salom onajonim nurli farishtam
Ko'zlari nigorim ayrilmas rishtam
Diydor istagida yurakda sitam
Sog'indim onajon yomon sog'indim
Bugun yuragimni sog'inchga o'rab
Ming zorli dard bilan to'kilib nurab
Qalbimga yiqildim iltijo so'rab
Sog'indim onajon yomon sog'indim
Bilaman yoshlarim ko'rib turibsiz
Jannatning to'ridan qarab turibsiz
Egilgan boshimni silab turibsiz
Sog'indim onajon yomon sog'indim
Ozgina yig'ladim ko'p emas ona
Ranjimang men o'sha yig'loqi yana
Goh kulib goh o'ksib yuribman mana
Sog'indim onajon yomon sog'indim
Ortimdan duo bilan kuzatar onamni sog'indim
Men uchun jonin berar mo'tabar onamni sog'indim
Tong sahardan turing bolam der ovozni sog'indim
Vaqt o'tmoqda bitmas yaram jannatimni sog'indim
Onamni sog'indim sog'indim
Onam sizni sog'indim sog'indim
Izlab ko'z ezilar yuragim
Qadrli onam mening yagonam
Onamni sog'indim
Onam sizni sog'indim
Eslab hamon yig'lar yuragim
Qadrli onam mening yagonam
Eng go'zal eng hotirjam zamon o'tdi davringizda
O'tdi-ketdi dunyo bir kam o'tiribman o'rningizda
Qaytsa edi shu vaqt ortga og'ritmasdim dilingizni
Vaqt o'tmoqda bitmas yaram jannatimni sog'indim
Onamni sog'indim
Onam sizni sog'indim
Izlab ko'z ezilar yuragim
Qadrli onam mening yagonam
Onamni sog'indim
Onam sizni sog'indim
Eslab hamon yig'lar yuragim
Qadrli onam mening yagonam
专辑信息
1.Oy-Oy-Oy
2.Lolam
3.Onam
4.Zamiram
5.Kim Ekan
6.Atirgulim
7.Hayot
8.Sog'insam
9.Esingdami
10.Mana Rep
11.Balo-Balo
12.Choyxona
13.Yarim Baxt
14.Latino
15.Guli
16.Zardalaring