歌曲 / 歌词

qaray olasanmi

umidaListen on Apple Music

歌词

Yo‘llar hech qachon
Sen tomon eltmas, zolim yo‘llar.
Yillar hech qachon
Endi qaytmas, zolim yillar.
Ochdi zolim yo‘llar,
Zolim yillar ko‘zlarimni.
*****, senga aytar
Ikki og‘iz so‘zlarimni.
Qo‘shiqlarimda yig‘laydi
Qalbimning sen bilmas dog‘lari.
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bog‘lari.
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga bir kun
Yonimdan o‘tganingda?
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga
Qiyomat o‘rtasida?
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga bir kun
Yonimdan o‘tganingda?
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga
Qiyomat o‘rtasida?
Taqdir shafqat bilmas,
O‘yinqaroq, zolim taqdir.
Kular ustimizdan,
Biz esa jim, chora yo‘qdir!
Qo‘shiqlarimda yig‘laydi
Qalbimning sen bilmas dog‘lari.
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bog‘lari.
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga bir kun
Yonimdan o‘tganingda?
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga
Qiyomat o‘rtasida?
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga bir kun
Yonimdan o‘tganingda?
Qaray olasanmi mening ko‘zlarimga
Qiyomat o‘rtasida?

更多歌手作品

专辑信息

umida →
  1. kayarda san soygunum
  2. pihanlik nahxa
  3. qaray olasanmi